Oskar: "Odil Ahmedov - O'zbekiston futboli tarixidagi eng ulug' o'yinchilardan biri"

admin
3 sen 2026, 18:20
Toshkentga tashrif buyurgan braziliyalik taniqli futbolchi Oskar matbuot anjumanida o'zining sobiq jamoadoshi Odil Ahmedov haqida iliq fikrlar bildirdi.

Braziliyalik yulduz mamlakatga kelganidan va bu yerdagi samimiy kutib olishlardan juda xursand ekanligini ta'kidladi. U "Shanxay SIPG" klubida Odil Ahmedov bilan birga o'tkazgan unutilmas yillarini yodga olib, Xitoydagi debyut uchrashuvidagi ilk golini aynan Ahmedovning uzatmasidan so'ng urganini va ular maydonda bir-birini juda mukammal tushunishganini eslab o'tdi.

Oskar Odil Ahmedovni O'zbekiston futboli tarixidagi eng ulug' o'yinchilardan biri va o'zining qadrdon do'sti deb bilishini alohida etirof etdi. Shuningdek, bo'lajak uchrashuvda (jahon afsonalari va o'zbek afsonalari) unga qarshi to'p tepish qiziqarli kechishini va bu bahsda g'alaba qozonishga umid qilayotganini qo'shimcha qildi.

O'xshash yangiliklar


adminMuallif
Manba: Championat.asia