JCH. Meksika Janubiy Koreyani mag'lub etdi va pley-off masalasini hal qildi

19 iyun 2026, 07:56
"A" guruhining 2-turidan o'rin olgan Meksika va Janubiy Koreya bahs yakunlandi.

Uchrashuv 1:0 hisobida Meksikaning g'alabasi bilan yakunlandi. Bahsdagi yagona golni 50-daqiqada Luis Romo kiritdi.

Shu tariqa, amerikaliklar 2 ta turdan so'ng guruhda 6 ochko to'plagan holda, keyingi bosqich masalasini hal qildi. Koreyaliklarning hisobida esa 3 ta ochko bor.

Meksika keyingi turda Chexiyaga qarshi bahs olib borsa, Koreya Respublikasi JAR bilan to'qnash keladi.

Meksika - Janubiy Koreya 1:0

Gol: 50 - Luis Romo

19 iyun 6:00 | "Akron" stadioni

Meksika: Raul Rangel, Xorxe Sanches, Edson Alvares, Yoxan Vaskes, Xesus Galyardo, Luis Romo, Erik Lira, Brian Guterres, Roberto Alvarado, Raul Ximenes, Xulian Kinones.

Janubiy Koreya: Kim Son Gyu, Li Gi Xyok, Pak Sin Xo, Xvan In Bom, Yang U, Kim Min Je, Li Xan Bom, Li Chje Son, Li Kan In, Son Xin Min, Mun Xvan.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia