Kanada terma jamoasi futbolchisi dahshatli jarohat oldi va JCH-2026dagi ishtirokini yakunladi

19 iyun 2026, 07:33
Toshkent vaqti bilan 19 iyunga o'tar kechasi jahon chempionati guruh bosqichi doirasida Kanada - Qatar uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"V" guruhidan o'rin olgan ushbu bahs Vankuvyerdagi (Kanada) "Bi-Si Pleys" stadionida o'tkazildi va kanadalik futbolchilarning 6:0 hisobidagi yirik g'alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 55-daqiqasida Kanada terma jamoasi yarim himoyachisi Ismael Kone dahshatli jarohat oldi. Qatarliklar xavbeki Assim Madibo raqibiga qarshi juda qo'pol harakat qilib, uni yiqitdi va bu qo'pollik uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi. Ismael esa maydonni zambilda tark etishga majbur bo'ldi.

Keyinchalik, uning o'rniga zaxiradan maydonga tushgan Natan-Dilan Saliba kiritgan golini jarohat olgan jamoadoshiga bag'ishladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sports.ru