

Xabaringiz bor, gulistonliklar garchi birinchi ligada ishtirok etishiga qaramay, o'z guruhida “Neftchi”dan keyin 2-pog'onani egallab, keyingi bosqichga chiqdi. Endilikda “Surxon” bilan o'zaro hisob-kitob qiladi.
Qur'a tashlash marosimidan so'ng jamoa bosh murabbiyi Abbos Ergashev “Surxon” bilan bahs va birinchi ligada oldinda turgan ikki bahs haqida fikr bildirdi.
“O'zbekiston kubogi bahslari juda shiddatli o'tmoqda. Kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. Avval ham aytganimdek, biz har bir bahsda g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Chunki bu biz uchun katta sinov va tajriba hisoblanadi. “Surxon” bilan bilan ham ijobiy natijaga qarab, harakat qilamiz. Bu bahsga qadar vaqt bor. Albatta, raqibni ham o'rganishda davom etamiz.
Hozirda birinchi ligada yana 2 ta o'yinni o'tkazib olishimiz kerak. Bu o'yinlardagi natijalar jamoamizning natijalari uchun muhim hisoblanadi. Klubimiz rahbariyati O'zbekiston kubogi va 1-liga o'yinlarida g'alaba qozonishimiz uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan. Faqat biz o'sha maqsadlar sari harakamt qilsak bo'ldi”, - dedi Ergashev.



