

Xususan, kecha "Olimpiya" stadioni mezbonlik qilgan "Navbahor" - OKMK bellashuvi gollarga boy o'tgani bilan e'tiborni o'ziga jalb qildi. O'yinda "lochinlar" hisobda oldinga borayotganiga qaramay OKMK yakunda 3:2 hisobida g'alabani ilib ketdi.
Timur Kapadze boshqargan jamoalar esa 4 yildan beri olmaliqliklardan 3 ochko olishni uddasidan chiqa olmayapti. Oxirgi marotaba Timur Toxirovich 2022 yil "Olimpik" ustozi sifatida "konchilar"ni enggan edi.
2026. "Navbahor" - OKMK 2:3
2024. "Olimpik" - OKMK 0:1
2023. "Olimpik" - OKMK 1:2
2023. "Olimpik" - OKMK 0:1
2022. "Olimpik" - OKMK 0:6
2022. "Olimpik" - OKMK 1:0
Ma'lumot uchun, "Navbahor" keyingi bellashuvini 23 iyul kuni "Qizilqum"ga qarshi o'tkazsa, OKMK 22 iyul sanasida "Qo'qon-1912" maydoniga safar uyushtiradi.



