Timur Kapadze: "O'zbekiston terma jamoasini har bir vatandosh kabi stadiondan qo'llab-quvvatlashni xohlagandim, ammo..."

Оқил Абдубарноев
18 iyul 2026, 18:40
O'zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Timur Kapadze "oq bo'rilar"ning Jahon chempionatidagi ishtirokini tomosha qilish uchun Amerika qitasiga bormaganiga izoh berdi.

"Albatta, har bir vatandosh kabi biz ham o'sha yerda bo'lishni xohlardik. Nimaga endi bormaymiz? Lekin bunga imkoniyat bo'lmadi. Agar vaziyatga qarab, masalan, VIP-lojada o'tirganimizda, menimcha, zo'r bo'lardi. Buni, albatta, federatsiya o'ylagandir, bunisini bilmadim. Lekin vaqt tig'izligi va ish sabab, biz ham yig'inda, jamoa bilan birga edik. Umuman olganda, alohida chaqiriq yoki taklif ham bo'lmadi. Shuning uchun mayli, dedik va shu yerdan turib ham muxlislik qildik. Eng asosiysi, o'sha yerda shuncha muxlisimiz bor edi, ular O'zbekiston bayrog'ining maydonda aks etgani – buning o'zi katta baxt. Bu narsalar bizni faxrlantirdi. Albatta, o'zimiz ham o'sha yerda bo'lishimiz mumkin edi, lekin nima bo'lganda ham, O'zbekiston har doim qalbimizda. Bundan-da yaxshiroq ishtirok etishimiz mumkin edi. Ilk Jahon chempionatida hayajon rol o'ynagandir. Biz ko'prog'iga loyiq edik, chunki futbolchilarning potencialini yaxshi bilaman. Eng asosiysi – ishtirok etdik va tajriba orttirdik", dedi 44 yoshli mutaxassis.

TO'LIQ INTERVYU

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia