Superliga. "Andijon" – "Qizilqum" (matnli translyatsiya)

Оқил Абдубарноев
15 okt 2026, 19:40
Superliga 24-turidan o'rin olgan uchrashuv boshlandi.

Superliga

24-tur

“Andijon” – “Qizilqum” 0:1

Bosh hakam: Alisher Rahimqulov

Yordamchi hakamlar: Sardor Umrzoqov, Shohnur Yo'ldoshev

Zaxira hakami: Rinat Serazitdinov

VAR: Asker Najafaliev

AVAR: Baxtiyorxo'ja Shavkatov

Nazoratchi: Olim Abduvasilov

Komissar: Davron Ibrohimov

Gol: 0:1 – 38, Otabek Jo'raqo'ziev (Jambuli Jigauri)

"Andijon": 1.Eldor Adhamov, 2.Odilbek Abdumajidov, 7.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 11.Humoyunmirzo Iminov, 14.Abdurahmon Komilov, 15.Nemanya Chalasan, 18.Damir Temirov, 22.Usmonali Ismonaliev, 27.Martin Boake, 33.Doniyor Abdumannopov, 99.Rustam Turdimurodov.

Zaxira: 19.Artyom Potapov, 5.Abdulvohid G'ulomov, 8.Shohmalik Komilov, 10.Dragan Cheran, 17.Aziz Turg'unboev, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 26.Muhammadkarim Toirov, 28.Bekzod Sulaymonov, 70.Hamidullo Karimov.

“Qizilqum”: 1.Farhod Rahmatov, 8.Shahzodbek Rahmatullaev, 10.Islom Kenjaboev, 15.Nikola Kumburovich, 31.Jambuli Jigauri, 40.Nodirxon Nematxonov, 44.G'iyosjon Rizaqulov, 47.Ruslan Roziev, 70.Duglas Maykon, 77.Diyor Raxmatilloev, 88.Otabek Jo'raqo'ziev.

Zaxira: 99.Humoyunshoh Sayyotov, 4.Ilhom Vahobov, 7.Fayzullobek Jumanqo'ziev, 9.Shahzod Turopov, 18.Abbosbek Abdug'offorov, 20.Bobomurod Bozorov, 23.Samandar Shukurullaev, 30.Mehroj Qo'ldoshev, 34.Grigol Chabradze.

Ogohlantirish: Odilbek Abdumajidov (43)

⏱ 45+1'. Birinchi bo'lim yakunlandi!

Bosh hakam Alisher Rahimqulovning hushtagi yangrab, jamoalar tanaffusga yo'l olishdi.

⏱ 45'. Birinchi bo'limning asosiy vaqti yakunlandi. Bosh hakam Alisher Rahimqulov tomonidan birinchi taymga 1 daqiqa qo'shimcha vaqt qo'shib berildi.

🟨 43'. Ogohlantirish! Maydon markazida "Qizilqum"ning qarshi hujumini to'xtatib qolgan "Andijon" himoyachisi Odilbek Abdumajidov Shahzodbek Rahmatullaevni libosidan tortib yiqitgani uchun bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

⚽️ 38'. GOL! Hisob ochildi - 0:1!

"Andijon" himoyachilari oddiy to'p uzatishda qo'pol xatoga yo'l qo'yishdi. Faol pressing uyushtirgan Jambuli Jigauri to'pni egallab olib, qulay vaziyatda turgan Otabek Jo'raqo'zievga uzatdi. Jo'raqo'ziev esa darvozaning olis pastki burchagiga aniq zarba yo'llab, to'pni to'rga kiritdi va "Qizilqum"ni hisobda oldinga olib chiqdi.

⚠️ 35'. Xavfli vaziyat! "Andijon"da hisobni ochish uchun qulay imkoniyat bo'ldi. Rustam Turdimurodov darvozaga juda yaqin masofadan zarba yo'lladi, biroq to'p mo'ljalga aniq bormadi.

⚠️ 31'. Xavfli vaziyat! "Andijon" raqib jarima maydoni ichida xavfli kombinaciya tashkil etdi. Po'latxo'ja Xoldorxonov jamoadoshi bilan o'zaro pas almashib, zarba yo'lladi, biroq "Qizilqum" posboni Farhod Rahmatov to'g'ri poziciya tanlab, to'pni egallab oldi.

26'. "Qizilqum" futbolchisi Otabek Jo'raqo'ziev darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq to'p to'sin yuqorisidan o'tib ketdi.

20'. "Qizilqum" o'ng qanotdan hujum uyushtirdi. Ruslan Roziev o'ng tomondan zarba yo'lladi, biroq "Andijon" darvozaboni Eldor Adhamov to'pni qaytarishga erishdi.

16'. "Andijon" navbatdagi hujumini tashkil etdi. Abdurahmon Komilov maydonning chap qanotidan aylanma zarba yo'lladi, biroq to'p mo'ljalga aniq bormadi.

13'. "Qizilqum" burchak to'pini amalga oshirdi. Havodan uzatilgan to'pga Martin Boake zarba yo'lladi, biroq uning urinishi noaniq ketdi.

⚠️ 9'. Xavfli vaziyat! "Andijon" hisobni ochishga juda yaqin keldi. Rustam Turdimurodov raqib jarima maydoni ichidan zarba yo'lladi, biroq to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

7'. "Andijon" futbolchisi Damir Temirov olis masofadan erlatib zarba berdi. Mehmonlar darvozaboni Farhod Rahmatov o'z o'rnida to'pni egallab oldi.

4'. "Qizilqum" jarima zarbasi ishlab oldi. Jambuli Jigaurining jarima maydoniga yo'llagan uzatmasini "Andijon" himoyachisi boshi bilan qaytarib, xavfni bartaraf etdi.

⏱ 1'. Uchrashuv boshlandi! Bosh hakam Alisher Rahimqulovning hushtagi yangrab, "Andijon" hamda "Qizilqum" jamoalari o'rtasidagi bahsga start berildi.

Jamoalar bosh hakam Alisher Rahimqulov boshchiligida maydonga chiqib kelishdi. Mezbon "Andijon" klubi qizil, mehmonlar "Qizilqum" esa to'q binafsharang liboslarda harakat qiladi. Hammasi uchrashuv boshlanishiga shay.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia