

Portugaliyalik mutaxassis bu haqda Chempionlar Ligasi doirasidagi "Roma"ga qarshi bahsdan (4:3) so'ng aytib o'tdi.

"Vinisius bilan bog'liq vaziyat, yani o'yindan 1 soat oldin uning 4 ta o'yinga diskvalifikaciya qilingani aniq bo'lishi - bu hurmatsizlik belgisi. Nahotki buni hozir yoki ertalab qilishning iloji bo'lmagan bo'lsa? U buni avtobusda bilib olishi shartmidi? Ularda vijdon yo'q. Ular o'yindan 1 soat oldin futbolchini ruhiy jihatdan sindirishga harakat qilishdi", – deya Mourinyuning so'zlarini “Madrid Xtra”.
Vinisius "Vilyarreal"ga qarshi uchrashuvda to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olgani uchun ikki o'yinga chetlatilgandi - braziliyalik futbolchi Natan Salibaning sochidan tortib olgandi. RFEF (Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi) tartib-intizom qo'mitasi chetlatishdan keyin hakam bilan bahslashgani uchun bunga yana 2 ta o'yin qo'shib berdi.
Vinger "Sevilya", "Barselona", "Rasing" va "Valensiya" bilan bo'ladigan uchrashuvlarni o'tkazib yuboradi. "Real" ushbu qaror ustidan apellyaciya berish niyatida.



