

Sancho iyun oyida shartnomasi yakunlangach, "Manchester Yunayted"ni erkin agent sifatida tark etgandi. Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, angliyalik futbolchi taklifni ko'rib chiqmoqda, biroq yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.

Sancho 2025/26 yilgi mavsum ijara asosida "Aston Villa" sharafini himoya qildi. Uning hisobida 39 ta uchrashuvda 1 ta gol va 3 ta golli uzatma mavjud.



