

"Hayajonli o'yin bo'ldi. Ikki jamoa ham doimiy ravishda pressing qilishini va yuqori suratda harakatlanishini hisobga olsak, aynan shunday bahsni kutgandik. Birinchi bo'limda bu bosimni engib o'tdik va haqli ravishda oldinga chiqib oldik. Ammo tanaffusgacha hisob 3:0 bo'lishi menga yoqmaydi. Bundan keyin raqib katta tavakkalga qo'l uradi, sen esa allaqachon g'alaba qozonib bo'ldim deb o'ylaysan.
Biz qiyin daqiqalarni boshimizdan kechirdik. Agar omadimiz kelmaganida, bu o'yinda mag'lub bo'lishimiz ham mumkin edi. Ikkinchi bo'limda bu haqda yordamchim Rafael Pol bilan gaplashdim. Liga 1 ning dastlabki turlaridan farqli o'laroq, omadimiz keldi. Bugun mumkin bo'lgan har qanday natija adolatsiz bo'lmasdi.
Asosiysi - Chempionlar Ligasida g'alaba qozonish. Musobaqaning ushbu bosqichida eng yaxshi jamoa bo'lish unchalik muhim emas", – dedi Enrike.
PSJ 6 ochko jamg'arib, Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Manchester Siti" esa 3 ochko bilan 17-o'rinda bormoqda.



