

"Bu 3 ochko juda muhim, chunki "Roma" - kuchli jamoa va noqulay raqib. Ular yaxshi o'ynashdi va xatolarimizdan unumli foydalanishdi. Ammo aynan o'yin yakunidagi kabi, vaziyatni o'nglay olgan paytimizdagidek o'ynashimiz shart: qatiyatliroq, jasurroq va o'zimizga bo'lgan yanada kattaroq ishonch bilan.
G'alaba to'pini kiritganimdan xursandman. Albatta, bu quvonchda biroz achchiq tuyg'u ham bor, ammo futbol shunday. "Roma" qalbimda doimo alohida o'rin egallaydi", – dedi Ryudiger.
"Real" 6 ochko jamg'arib, Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi turnir jadvalida 8-o'ringa chiqib oldi. "Roma" esa 1 ochko bilan 25-pog'onada ketyapti.



