

Ushbu tur doirasida Navoiyning "Qizilqum" jamoasi safarda "Andijon" mehmoni bo'ladi.
Mazkur qarama-qarshilik oldidan e'tiborni tortadigan muhim statistik jihat shundaki, "Qizilqum" 10 yildan buyon Andijondagi o'yinlarda g'alaba qozona olmayapti. So'nggi bor navoiyliklar raqib maydonida 2016 yilning 1 oktyabrida 2:1 hisobida zafar quchgan edi. Shundan keyingi o'tkazilgan safar uchrashuvlarida andijonliklar yo g'alaba qozongan yoki durang qayd etilgan:
19.06.2025: "Andijon" – "Qizilqum" 1:1
10.11.2024: "Andijon" – "Qizilqum" 0:0
22.05.2023: "Andijon" – "Qizilqum" 2:0
07.08.2021: "Andijon" – "Qizilqum" 1:1
27.10.2020: "Andijon" – "Qizilqum" 0:0
01.12.2019: "Andijon" – "Qizilqum" 1:0
Umumiy hisobda esa Superliga doirasidagi o'zaro o'yinlarda "Andijon" uyda yaqqol ustunlikka ega: "burgutlar" 13 ta g'alabaga erishgan bo'lsa, "Qizilqum" hisobida bor-yo'g'i 3 ta g'alaba bor, 5 ta bahsda esa g'olib aniqlanmagan.
Xo'sh, bugun "Qizilqum" o'n yillik noxush seriyaga barham bera oladimi yoki "Andijon" o'z maydonidagi ananasini davom ettiradimi?
Ma'lumot uchun, o'yin soat 19-00 da boshlanadi.



