"Sosedad"ning asosiy futbolchisi MYU bilan o'yinda qatnashmasligi mumkin

Mirjalol Normatov
13 fev 2021, 00:30
"Real Sosedad" vingeri Mikel Oyarsabal mashg'ulotlarda oyog'ining son qismi mushaklaridan jarohat oldi.

23 yoshli futbolchi shu boisdan LaLiga doirasida "Xetafe" va Yevropa ligasida "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuborishi mumkin. 

"Marca"ning yozishicha, xavbekning safga qaytishi uchun 2-3 hafta kerak bo'ladi.

Oyarsabal ushbu mavsumda LaLiganing 17 o'yinida 10 gol va 4 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal