Rasman: Bunyodkorning sobiq ustozi Kruzeyro bosh murabbiyi

Aslanov Jasurbek
16 okt 2020
Bunyodkor, Chelsi, Braziliya va Portugaliya terma jamoalarining sobiq bosh murabbiyi Luis Felipe Skolari Kruzeyroda ish boshlashi rasman e'lon qilindi.

Braziliya jamoasining rasmiy saytining xabar berishicha, klub murabbiy bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzolagan.

Eslatib o'tamiz, Kruzeyroning amaldagi bosh murabbiyi Ney Franko V Seriya 15-turida Oeste klubi bilan o'yinda qayd etilgan nursiz durangdan keyin iste'foga chiqarilgan.

71 yoshli mutaxassis uchun esa Kruzeyro begona emas. U mazkur klubni 2000–2001 yillarda boshqargan. Ko'klar Braziliya chempionati joriy mavsumining ortda qolgan 15 turidan keyin 12 ochko bilan turnir jadvalining 19-pog'onasini egallab turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com