

Juma kuni "shaharliklar" APLning moliyaviy qoidalarini buzish bo'yicha qo'yilgan ayblovlarning deyarli barchasida - bittasidan tashqari - aybdor deb topilgani ma'lum bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, 2023 yilning fevralida APL "Manchester Siti"ni 2009 yildan 2018 yilgacha bo'lgan davrda moliyaviy qoidalarni 115 xil usulda buzganlikda ayblagan edi. Keyinchalik The Times gazeti gap 115 emas, balki 130 ta qoidabuzarlik haqida ketayotganini xabar qildi: Premer-liga ayblovlarni e'lon qilgan ilk paytda ayrim qoidalar bo'yicha chalkashlik yuzaga kelgan edi.
- Kecha o'zimni juda yomon his qildim, shok holatida edim. Menimcha, siz meni ko'rsatuvga "Siti" va Futbol assotsiatsiyasi direktorlar kengashi raisi bo'lganim uchun taklif qildingiz, lekin aslida men shunchaki 70 yillik tajribaga ega "Manchester Siti" muxlisiman.
Bu shunchaki dahshat. Ushbu muvaffaqiyatli davr men raislik qilgan unchalik omadli bo'lmagan yillardan so'ng keldi. O'ylaymanki, men klubga juda og'ir vaziyatdan chiqishga va rivojlanish yo'liga tushib olishga yordam berganman. Ammo bularning barchasi dog'da qolganini ko'rish juda alamli. Klubni ham yaxshi, ham yomon kunlarda qo'llab-quvvatlagan ajoyib muxlislarga ayniqsa achinaman. O'ylashimcha, bu Manchesterning moviy qismi muxlislari uchun juda og'ir kun.
Qanday jazo adolatli bo'lishi haqida
- Birinchi navbatda, mening fikrimcha, hamma narsa o'z vaqtida sodir bo'lishi juda muhim. Butun bu jarayon o'zi shundoq ham cho'zilib ketdi. Shunday ekan, apellyaciyani imkon qadar tezroq topshirish kerak, chunki... klub tepasida shundoq ham ko'ngilsizliklar soya solib turibdi, bunday bo'lmasligi kerak. Apellyaciya yillab cho'zilishi mumkin emas, bu falokat bo'lardi. Nafaqat ushbu muayyan holatda, balki umuman Angliya futbolida. Vaqt hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Jazo qanday bo'lishini ayta olmayman. Agar apellyaciyadan so'ng ular 115 ta band bo'yicha aybdor deb topilsa, sevimli klubimni juda shafqatsiz jazo kutmoqda. Men faqat shuni aytgan bo'lardimki, pul jarimasining o'zi etarli emas, afsuski, yanada keskinroq narsa kerak, - dedi Bernshteyn Times Radio’ga bergan intervyusida.



