Shusaku Nishikava - OCHLda haftaning eng yaxshi futbolchisi

Xayrulla Xoliqov
25 okt 2019
Osiyo chempionlar ligasida bu yilgi finalchilar ma'lum bo'ldi.

Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi ikki o'yin natijasiga ko'ra Qatarning "Al Sadd" klubi to'sig'idan o'tgan bo'lsa, "Urava Reds" har ikki bahsda "Guangju Evergrand"ni mag'lub etib ikkinchi finalchiga aylandi. 

OFK rasmiy sayti odatga ko'ra OCHLda haftaning eng yaxshi futbolchisini e'lon qildi va bu "Urava Reds" darvozaboni Shusaku Nishikava topildi. Nishikava jamoasi ishtirokidagi o'yinda raqibning bir nechta xavfli zarbalarini qaytarishga muvaffaq bo'ldi. 

Bu borada ikkinchi o'rin "Guangju" futbolchisi Jang Linpeng va uchinchi o'rin "Al Sadd" sardori Hassan Al Haydosga nasib etdi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com