"Bizni ancha jiddiy tahlil kutib turibdi". Rossiya terma jamoasi futbolchisi Komlichenko - O'zbekiston bilan o'yin haqida

13 noya 2026, 09:55
Rossiya terma jamoasi hujumchisi Nikolay Komlichenko o'rtoqlik o'yinida O'zbekiston milliy jamoasi ustidan qozonilgan g'alabani (3:2) sharhladi.

"Mening hissiyotlarim ko'proq ijobiy. Chunki zaxiradan maydonga muvaffaqiyatli tushib, ijobiy natijaga erishishga muvaffaq bo'ldik. Ijobiy hissiyotlar bilan keyingi o'yin uchun Krasnodarga uchib ketamiz. Qachonki g'alaba qozonsangiz, tayyorgarlik ko'rish ham har doim osonroq bo'ladi. G'alaba bilan tabriklamoqchiman. Ammo o'ylaymanki, bizni ancha jiddiy tahlil kutib turibdi (kuladi)", - dedi Komlichenko.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia