Moskera, Kuadrado, Duran... O'zbekistonning ilk turdagi raqibi Kolumbiyaning JCH qaydnomasidan tushib qolgan yulduzlari

Sherzod Nurmatov
28 may 2026, 13:50
Argentinalik murabbiy Nestor Lorenso qo'l ostidagi Kolumbiya terma jamoasi bir necha kun oldin mundialda ishtirok etadigan futbolchilari ro'yxatini taqdim etdi.

Unda 26 nafar futbolchi nomi keltirilgan bo'lib, bir qator taniqli futbolchilarga joy etmay qoldi. Quyida shu o'yinchilar ro'yxatini keltiramiz:

Darvozabonlar: Kevin Mer ("Krus Asul", Meksika), Andres Moskera ("Amerika", Kolumbiya)

Himoyachilar: Karlos Kuesta ("Vasko da Gama", Braziliya), Kristian Borxa ("Amerika", Meksika), Yerson Moskera ("Vulverxempton", Angliya), Alvaro Angulo ("Pumas", Meksika), Xuan Kabal ("Yuventus", Italiya), Andres Roman ("Atletiko Nasonal", Kolumbiya)

Yarim himoyachilar: Xuan Kuadrado ("Piza", Italiya), Vilmar Barrios ("Zenit", Rossiya), Yaser Asprilya ("Galatasaroy", Turkiya), Sebastyan Gomes ("Kuritiba", Braziliya), Kevin Serna ("Fluminense", Braziliya), Marino Inestrosa ("Vasko da Gama", Braziliya)

Hujumchilar: Rafael Borre ("Internasonal", Braziliya), Jon Duran ("Zenit", Rossiya), Sebastyan Vilya ("Independente Rivadaviya", Argentina), Xoan Karbonero ("Internasonal", Braziliya), Stiven Mendosa ("Atletiko Paranaense", Braziliya), Dayro Moreno ("Onse Kaldas", Kolumbiya)

Eslatib o'tamiz, Kolumbiya “K“ guruhida O'zbekiston, Kongo DR va Portugaliya bilan ro'baro' keladi. Ular ilk turni 18 iyun kuni O'zbekistonga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia