

"Uchrashuvni yomon boshladik. Gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng hujum tashkil etishda qiyinchiliklarga duch keldik. Vaziyatlar yaratdik, biroq foydalana olmadik.
Ikkinchi bo'limda o'yinimiz jonlandi, zaxiradan yangi kuchlarni maydonga tashladik. Hujum tashkil etayotganimizda katta kuch bilan oldinga o'tsak, qarshi hujum xavfi yuzaga kelardi. Shu bois himoyada ham ehtiyotkor o'ynashga intildik. Ikkinchi bo'limda vaziyatlarimiz ko'proq bo'ldi, biroq to'p darvozaga kirmadi", - deydi farg'onaliklar ustozi.



