Kloppning o'rnini “Benfika” sobiq murabbiyi egallaydi

Sherzod Nurmatov
31 iyul 2026, 19:45
“Red Bull” kompaniyasi Yurgen Kloppning o'rniga global futbol yo'nalishi rahbari lavozimiga nomzodni aniqlab oldi.

Kompaniyaning futbol bo'yicha yangi rahbari Rojer Shmidt bo'ladi - mutaxassis rasman 1 oktyabrdan o'z vazifasiga kirishadi.

Shmidt yaqinda Germaniya terma jamoasini boshqarish uchun o'z lavozimini tark etgan Kloppning o'rnini egallaydi. 59 yoshli Shmidt “Red Bull” falsafasi bilan juda yaxshi tanish - u 2012 yildan 2014 yilgacha “Zalcburg”ni boshqargan va kompaniya uslubiga eng yaqin murabbiylardan biri hisoblanadi.

Yangi lavozimida Shmidt “Red Bull” tizimiga kiruvchi barcha klublar - “Leyptsig”, “Nyu-York”, “Zalcburg”, Braziliyaning ”Bragantino”, Yaponiyaning “Omiya Ardiya”, shuningdek, kompaniya minoritar ulushga ega bo'lgan “Lids” va “Parij” klublarining sport tomondan rivojlanishi uchun mas'ul bo'ladi.

2.jpg

Shmidtning oxirgi ish joyi “Benfika” bo'lgandi. 2022/23 yilgi mavsumda germaniyalik murabbiy Lissabon klubi bilan Portugaliya chempionligini qo'lga kiritdi va jamoani Chempionlar Ligasining 1/4 finaliga olib chiqdi. 2025 yilning oktyabr oyidan esa u Yaponiya J-ligasida futbol masalalari bo'yicha konsultant sifatida faoliyat yuritayotgan edi. Shmidt shiddatli hujumkor uslub va yuqori pressingga asoslangan futboli bilan mashhur - aynan shu tamoyillar “Red Bull” futbol modelining negizini tashkil qiladi.

“Red Bull“ tuzilmasida Shmidt loyihaning sport qismiga mas'ul bo'ladi. Mamuriy yo'nalishni esa avvalgidek Florian Sholc boshqarib boradi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com