Mirjalol Jo'raev: "Bunday o'yinlar taqdirini birgina gol hal qilardi. Raqibga omad kulib boqdi"

31 iyul 2026, 23:16
Proliganing 12-turi doirasida "Yaypan" - "FarDU" (0:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Jo'raev matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin derbiga hos janglar bilan o'tdi. Bizga agressiya yetishmadi deb o'ylayman. Bunday bahslar taqdirini bitta gol hal qilardi va raqibga omad kulib boqdi.

- Tanaffusdan oldingi va keyingi "Yaypan"ning farqi kattadek. Bu yaxshi futbolchilarning jamoadan ketgani bilan bog'liqmi yoki yangi kelganlar eskilarning o'rnini bosa olishmayaptimi?

- Unday deb o'ylamayman. Katta tanaffus bo'ldi. Jamoa hali o'z o'yinini topib oladi. Buning uchun vaqt kerak bo'ladi.

- O'tgan o'yinda gol urgan Mustafo Abdumannopov zaxiradan maydonga tushirilganining sababi nima?

- Abdumannopov o'tgan o'yinda ham yaxshi o'ynagandi va gol ham urdi. Bugungi o'yinda u zaxiradan maydonga tushib, ikkinchi taymda o'yinni kuchaytirishini reja qilgandik, biroq bu o'xshamadi.

- Katta tanaffusdan keyin Abduvosiq Abdurashidov agressiv bo'lib qolganga o'xshaydi.

- Bu tabiiy hol. Har qanday futbolchi o'zining sobiq jamoasiga qarshi o'ynaganada, shunday agressiyani namoyish qiladi. U o'z ishini qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia