Nematillo Qutiboev: "Ikki kundan beri Qoraqalpog'istonda futbol bayrami bo'lmoqda"

Administrator
7 may 2026, 01:38
Pro liga ettinchi turidan o'rin olgan "Yaypan Farg'ona" jamoasiga qarshi g'alabadan so'ng "Aral" klubi bosh murabbiyi Nematillo Qutiboev matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- Ikki kundan beri Qoraqalpog'istonda futbol bayrami. Kecha "Jayxun", bugun biz. Bunday o'yindan keyin nima deyishni ham bilmaysiz. Standart vaziyatlardan gollar bo'ldi. Tezkor golimizdan keyin raqib turib qolgandek bo'ldi. Yigitlarni tabriklayman. Muxlislarimizni tabriklayman. Ularga rahmat.

- Legionerlarimiz keyingi o'yinlarga 100% tayyor bo'la oladimi?

Yo'q, ular ko'p mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi. Kubok o'yinlari orqali legionerlarni formasini tiklab olamiz.

- Kubok o'yinlarida raqiblarimiz kuchliroq. O'zbekiston kubogida qanday maqsad oldinga qo'yilgan?

- Pro ligada ettita tur ortda qoldi. Bizda asosiy og'irlik 12-13 futbolchiga tushdi. Ularga kubok o'yinlarida dam berishga harakat qilamiz. Kamida qo'qonliklarga qarshi uchrashuvda. Jarohatdan chiqqanlarga imkoniyat beramiz. Kubok ham biz uchun muhim, ammo hozirgi vaziyatimiz shunday.


AdministratorMuallif
Manba: