Sergey Lebedev: "O'yin derbi maqomiga mos o'tdi"

31 iyul 2026, 22:55
Proliganing 12-turi doirasida "Yaypan" - "FarDU" (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Lebedev matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin jangovar bo'ldi va derbi maqomiga mos o'tdi. O'yinda borini berib o'ynagani va yuqori ishtiyoqda o'ynagani uchun yigitlarga rahmat aytaman. Shuningdek, muxlislarga ham minnatdorlik bildiraman.

- Rian Islamov haqida fikringiz.

- Umid qilamanki, u jamoaga yordam bera oladi. Undan tashqari, u farg'onadan. U jamoaga katta foydasi tegib, yanada ko'prog'iga erishishini tilayman.

- Jamoaning ushbu mavsumdagi vazifasi qanday?

- Istalgan jamoada vazifa bo'ladi. Vazifasiz o'ynashdan mano yo'q. Bizda vazifa - har bir o'yinga so'nggi final bahsi kabi maydonga tushish. Bugun biz buni ko'rsata oldik va keyingi bahslarda ham buni takrorlamoqchimiz. Lekin ilk navbatda natija ustuvorlikni saqlab qoladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia