

Biz mazkur bahs oldidan ayrim fakt va statistikalarni e'tiboringizga havola qilamiz.
Ushbu qarama-qarshiliklar har doim keskin kurashlarga boy o'tib, maydonda haqiqiy yetakchilar o'z so'zini aytgan.
Mazkur jamoalar o'rtasidagi o'yinlar tarixiga nazar tashlasak, hujum chizig'ida Eldor Shomurodov yaqqol ustunlik bilan peshqadamlik qilmoqda. Terma jamoamiz sardori Suriya darvozasini 2 bora ishg'ol qilib, ro'yxatda yakkapeshqadam bo'lib turibdi.
Qolgan futbolchilar hisobida esa bittadan gol mavjud. Jumladan, o'zbek futbolining taniqli vakillaridan Sergey Lebedev, Aleksandr Geynrix hamda Marat Bikmaev ham Suriyaga qarshi kechgan muhim bahslarda o'z nomini tabloga yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'lgan.
O'z navbatida, suriyalik hujumchilar ham O'zbekistonga qarshi o'yinlarda faol harakat qilishgan. Xususan, taniqli Omar Harbin, Omar Al Soma, shuningdek, Mahmud Al Mavos, Nodir Abdulkarem va Ali Dib kabi futbolchilar terma jamoamiz darvozasiga bittadan gol urishga erishgan.
Ma'lumot uchun, o'yin 19:00 da "Paxtakor" stadionida start oladi.



