Sergey Lebedev: "Jamoamizga ko'z tegmasin, hammasi yaxshi ketyapti"

12 sen 2026, 21:17
Proliga 19-turidan o'rin olgan "Respublika FA" – "FarDU" uchrashuvidan so'ng "FarDU" bosh murabbiyi Sergey Lebedev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Birinchi navbatda oxirigacha kurash olib borishgani uchun yigitlarga rahmat aytaman va o'yindan qoniqdim. Nimadir o'xshamagan bo'lishi mumkin, lekin bugun ko'p kuch yo'qotdik. Eng muhimi, xarakter ko'rsata oldik. Bizni qo'llab turish uchun kelgan muxlislarga ham rahmat.

- Bugun chiroyli kambek guvohi bo'ldik.

- Ha, futbolda shunday o'yinlar bo'lib turadi. Oxirigacha kurash olib borganimiz meni xursand qildi. Futbolda har doim oxirigacha o'ynash kerak.

- Ketma-ket g'alabalar siri nimada?

- Shunday davom etishiga tilakdoshmiz. Jamoamizga ko'z tegmasin, hammasi yaxshi ketyapti. Biz ayniqsa uydagi bellashuvlarda katta ishtiyoq bilan maydonga tushyapmiz va g'alaba uchun o'ynayapmiz. Har bir o'yin biz uchun final.

- Futbolchilarimiz Superligaga tayyormi?

- Ha, albatta. Agar pulkada o'ynasak, kim bilan tushmaylik jang taklif qilamiz.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia