Sergey Lebedev: "Aral" jiddiy xavf tug'dirmadi"

Sherzod Nurmatov
7 sen 2026, 19:50
Proliganing 18-turidan o'rin olgan “FarDU” – "Aral" (1:1) bahsidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Lebedev matbuot anjumanida qatnashdi.

“O'yinda xarakter va iroda kuchini ko'rsatgani uchun “FarDU” futbolchilariga rahmat aytmoqchiman. “Aral” maydonda yetakchi sifatida harakat qildi, ammo u qadar jiddiy xavf tug'dirmadi. Xatolarimiz tufayli raqib foydasiga penalti yuzaga keldi. Bu - futbol. Yigitlarga oxirigacha kurashishgani uchun minnatdorlik bildiraman. Bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga ham rahmat”, – dedi tajribali mutaxassis.

- Maxarram Abelfazovning o'yiniga qanday baho berasiz?

- Bugun hamma yaxshi o'ynadi. Kimnidir ajratib ko'rsatmoqchi emasman. G'alaba yo'lida hamma astoydil mehnat qildi. Vaziyatlardan unumli foydalana olganimizda hammasi boshqacha bo'lardi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia