CAS 2025 yilgi Afrika Millatlari Kubogi finali bo'yicha qarorni noyabr oxirida e'lon qiladi

Sherzod Nurmatov
20 okt 2026, 11:20
Sport arbitraj sudi (CAS) Senegal va Marokash terma jamoalari o'rtasida kechgan 2025 yilgi Afrika Millatlar Kubogi final o'yini (0:3 texnik mag'lubiyat) bo'yicha ishni ko'rib chiqishni yakunladi.

Tashkilot matbuot xizmatining xabar berishicha, yakuniy qaror 2026 yil noyabr oyi oxirida e'lon qilinadi.

Eshituvlar 8 oktyabr kuni CAS’ning Lozannadagi bosh qarorgohida yopiq eshiklar ortida bo'lib o'tdi. Hakamlar hayati huquqiy asoslarga ega to'liq qaror tayyorlashga qaror qildi - buning uchun bir necha hafta vaqt talab etiladi.

Tergov-surishtiruvga Senegal futbol federatsiyasining finalda milliy jamoaga yozilgan texnik mag'lubiyat bo'yicha bergan apellyaciyasi sabab bo'lgan.

Asosiy vaqt yakunida videotakrorni ko'rgach, bosh hakam senegalliklarning golini bekor qilib, ularning darvozasi tomon penalti belgilagandi. Bosh murabbiy Pap Tyav norozilik belgisi sifatida jamoani maydondan olib chiqib ketdi, biroq 15 daqiqa o'tib senegalliklar maydonga qaytishdi va 11 metrlik zarbani qaytarishga muvaffaq bo'lishdi. Qo'shimcha bo'limlarda esa Pap Geye g'alaba to'pini kiritgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Reuters