Saudiya Arabistoni klubi yana bir braziliyalikni o'z safiga qo'shib oldi

Omonjon To`xtamirzayev
3 sen 2024, 11:42
Ar Riyodning "Al Shabab" klubi tarkibiga braziliyalik himoyachini qo'shib oldi.

"Al Shabab" futborl klubi Sankt-Peterburgning "Zenit" jamoasidan himoyachi Robert Renanni ijaraga oldi.

2024/25-yilgi mavsumni braziliyalik futbolchi Saudiya Arabistonida ijarada o'tkazadi.

Rossiyaliklar ushbu kelishuvdan 3 million evro ishlab oladigan bo'lishdi.

Eslatib o'tamiz, "Al Shabab" yangi mavsumning 2 turidan keyin 3 ochko bilan Saudiya Arabistoni chempionatida 11-pog'onani band etib turibdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Зенит ФК телеграм-канали