

“Saudiya Arabistoni Osiyo Kubogi-2027 musobaqasini qabul qilishga to'liq tayyor. Biz tasdiqlangan rejalarga muvofiq, yanvar oyida qitaning milliy terma jamoalari va muxlislarini kutib olish bo'yicha tayyorgarlikni yakunlagandik. Turnirning yangi muddati - 2027 yilning dekabr oyiga qadar xuddi shunday suratda davom etamiz.
Muddatning o'zgartirilishi turnir yangi sanaga ko'chishini anglatadi, rejalarimiz va tayyorgarlik ishlarimiz esa tasdiqlangan holatda davom etadi.
Yuqori darajadagi, jahon standartiga mos tashkilotchilikni taminlash hamda Saudiya Arabistonining nufuzi va Osiyo Kubogi obro'siga munosib bo'lgan musobaqani taqdim etish maqsadida Osiyo futbol konfederatsiyasi va barcha hamkorlarimiz bilan yaqin hamkorlikda ishlamoqdamiz”, – dedi Al Misihol.
Eslatib o'tamiz, bugun Osiyo Kubogi rasman qoldirilgani e'lon qilingan edi.



