Saudiya Arabistoni terma jamoasining O'zbekistonga qarshi o'yin uchun qaydnomasi e'lon qilindi. Salim ad-Davsariy ro'yxatdan joy olmadi

4 noya 2026, 20:30
Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Georgios Donis noyabr oyidagi xalqaro uchrashuvlar uchun 30 nafar futbolchidan iborat tarkibni e'lon qildi.

Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi ma'lum qilishicha, milliy jamoa 8–17 noyabr kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazadi.

Mazkur yig'in doirasida yunonistonlik mutaxassis shogirdlari ikkita o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi. Saudiya Arabistoni 13 noyabr kuni Janubiy Koreyaga, 17 noyabrda esa O'zbekistonga qarshi maydonga tushadi.

Qayd etish joiz, e'lon qilingan tarkibdan jamoa sardori Salim ad-Davsariy va darvozabon Navof al-Aqiydiy o'rin olmagan. Avvalgi yig'inni o'tkazib yuborgan Musab al-Juvayr va Saud Abdulhamid esa milliy jamoaga qaytgan.

Saudiya Arabistoni terma jamoasi tarkibi:

Muhammad al-Uvays, Homid Yusuf, Abdulquddus Atiya, Abdulloh al-Umariy, Hassan at-Tambaktiy, Ali al-Lajomiy, Sulton Tankar, Abdulloh al-Xatib, Navof Bushal, Muhammad Mahzariy, Saud Abdulhamid, Muhammad Abu ash-Shamot, Mutaib al-Harbiy, Foris Obidiy, Musab al-Juvayr, Muxtor Ali, Muhammad Kanno, Ziyod al-Juhaniy, Abdulloh al-Xaybariy, Nosir ad-Davsariy, Abdulmalik al-Ayyariy, Sulton Mandash, Muhammad al-Qahtoniy, Marvon as-Sahfiy, Muhammad al-Kuvaykibiy, Ahmad al-G'omidiy, Turkiy al-Ammor, Abdulloh al-Hamdon, Firos al-Buraykon, Abdulloh Ol Salim.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston va Saudiya Arabistoni milliy terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 17 noyabr kuni Doha shahrida bo'lib o'tadi.

Undan avval Fabio Kannavaro shogirdlari 12 noyabr kuni Toshkentda Rossiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia