

- 16 sentyabr kuni OCHL2 doirasida Bahraynda "Al Haldiya" mehmoni bo'lasizlar, keyin "Andijon"ga qarshi safardagi bahs kutib turibdi...
- Ha, xalqaro o'yinlar boshlanmoqda. Taqvim bo'yicha Andijondagi uchrashuv 19 sentyabr kuni bo'lishi kerak edi, 20 sentyabrga ko'chirildi. PFLga rahmat bir kun bo'lsa ham o'yinni surib berishdi. Tig'iz taqvimga tayyor turaverishimiz kerak. Rahbariyat ham bizga katta yordam bermoqda, to'g'ri biz charter reys qilolmaymiz, lekin boshqa davlatga imkon qadar tez borib qaytish uchun sharoitlar qilinmoqda.
- Osiyo o'yinlari FIFA kunlarida bo'lmaydi. "Nasaf"dan biryo'la 5 nafar futbolchi olib ketildi. OCHL 2 boshlanmoqda, Superligada musobaqa jadvalida 7-o'rindasizlar. Shunday bo'lsa ham shogirdlaringizni qo'yib yubordingiz...
- Esingizda bo'lsa, 2 yilcha oldin matbuot anjumanlaridan birida Olimpiya terma jamoasida "Nasaf" futbolchilari deyarli qolmadi bu kamchilikni to'g'rilashimiz kerak degandim. Mana hozirga kelib 5 futbolchi termaga chaqirildi. Ravshan Haydarov bilan doimo aloqadamiz va mana shu o'yinchilar bizga kerak deyishgani uchun qo'yib yubordik. Terma jamoalarda "Nasaf" futbolchilari qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi, o'zlari uchun ham tajriba olishadi.



