

"Qizil iblislar" yarim himoyachining transferi uchun 50 million evro to'ladi. Futbolchining o'zi bilan esa 5 yillik shartnoma imzoladi.
Braziliyalik yarim himoyachi 2023 yilda "Vasko da Gama"dan "Chelsi"ga o'tgan, keyinchalik "Nottingem Forest" va "Strasbur"da ijara asosida faoliyat olib bordi. O'tgan mavsumda u Angliya Premer-ligasida 27 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urishga erishdi.



