

Tomonlar transfer bo'yicha o'zaro kelishib bo'lishgan, deya xabar bermoqda insayder Fabricio Romano o'zining ijtimoiy tarmoqlarida.
Manbaning ma'lum qilishicha, Tilemans yaqin vaqt ichida "Manchester Yunayted" safiga borib qo'shilishi kerak.
Bundan avvalroq boshqa OAVlar "MYU" Tilemans uchun taxminan 41 million evro to'lashi haqida xabar tarqatgan edi.
Yakunlangan 2025/2026 yilgi mavsumda Tilemans barcha musobaqalarda 34 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va ettita golli uzatmani amalga oshirdi. Yuri Belgiya terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionatidagi yetakchilaridan biri bo'ldi va unda milliy jamoa chorak final bosqichiga qadar yetib bordi.



