Trossard faoliyatini Turkiyada davom ettiradi - Romano

13 iyul 2026, 15:00
"Beshiktosh" klubi "Arsenal"ning qanot hujumchisi Leandro Trossardni sotib olishga juda yaqin turibdi.

Bu haqda insayder Fabricio Romano o'zining X sahifasida ma'lum qildi.

Uning ma'lumotlariga ko'ra, Turkiya klubi 30 yoshli belgiyalik futbolchining transferi borasida londonliklar bilan kelishuvga erishgan. Kelishuv summasi 20 million evroni tashkil etadi.

Endilikda yakuniy qaror futbolchining o'z ixtiyorida qolmoqda. "Beshiktosh" Trossardga yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan uch yillik shartnoma taklif qildi.

Trossard 2023 yilning qishida "Brayton"dan "Arsenal"ga 24 million evro evaziga o'tgan edi. Yakunlangan mavsumda belgiyalik futbolchi barcha musobaqalarda 50 ta o'yinda ishtirok etib, sakkizta to'p kiritdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano