Ronaldusiz Portugaliya o'rtoqlik o'yinida JCH mezbonini mag'lub etdi, Brunudan 2 ta assist

Sherzod Nurmatov
1 apr 2026
AQSH va Portugaliya o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini yakunlandi.

O'yin Atlantadagi "Mersedes-Benc" stadionida bo'lib o'tdi va 2:0 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo'ldi. G'alaba gollarini Fransishku Trinkau va Joau Feliks urdi, Brunu Fernandesh esa golli uzatmalarni amalga oshirdi.

Portugaliya tarixidagi eng yaxshi to'purar Krishtianu Ronaldu bu o'yinda maydonga tushmadi.

AQSH – Portugaliya 0:2

Gollar: Trinkau (Fernandesh) 37’, Joau Feliks (Fernandesh) 59’

AQSH: Friz, Frimen (Reyna, 79), Richards, Trasti (Makkenzi, 90+1), Robinson (Arfsten, 46), Makkenni (Tessmann, 46), Berxalter (Eronson, 79), Morris (Roldan, 79), Vea (Balogun, 67), Tillman (Skalli , 67), Pulishich (Agemang, 46).

Portugaliya: Sa, Dalot, Arauxo, Inasiu, Kanselu, Koshta, Vitinya, Trinkau, Fernandesh, Netu, Ramush.

Ogohlantirishlar: Kanselu (34), Pulishich (45+3).

1.jpg

Ikkala milliy terma jamoa ham AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadigan bo'lajak Jahon chempionatida ishtirok etadi.

Portugaliya O'zbekiston, Kolumbiya va Kongo Demokratik Respublikasi bilan bir guruhda o'ynaydi. Qo'shma Shtatlar esa Paragvay, Avstraliya va Turkiya bilan to'qnash keladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia