Portugaliya va Ronaldu nimchorak finalda

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2026, 06:21
JCH-2026 1/16 finali doirasidagi Portugaliya - Xorvatiya o'yini bo'lib o'tdi.


1-bo'limda katta ustunlik qilgan Portugaliya gol ura olmadi. Dastlabki 45 daqiqalikda birorta aniq zarba bera olmagan Xorvatiya esa 2-taymda o'yinni keskin o'zgartirib yubordi va jami 6 ta aniq zarba berdi. Hisobni ham Modrich vatandoshlari ochishdi.

Qolgan vaqtda Ronaldu va Ramush o'z gollari bilan kambekni taminlashdi. O'yinning oxiri dramaga aylanib ketdi. Xorvatlarning 90+10-daqiqada urgan goli ofsayd tufayli hisobga olinmadi.

Braziliya, Angliya va endi Portugaliya kambek bilan 1/8 finalga yo'l olishdi.


Luka Modrich uchun bu terma jamoa libosidagi oxirgi o'yin bo'ldi.


1/8 finalda Portugaliyani Ispaniya kutib turibdi. Katta afishali zo'r o'yin bo'ladi.

Portugaliya - Xorvatiya 2:1
Gollar: 53' Perishich (0-1), 68' Ronaldu (penaltidan, 1-1), 90+4' Ramush (2-1).

Portugaliya: Diogu Koshta, Kanselu, Diash, Veyga, Mendesh, Vitinya, Nevesh, Brunu Fernandesh, Netu, Leau, Ronaldu.

Xorvatiya: Livakovich, Stanishich, Shutalo, Pongrachich, Perishich, Modrich, Kovachich, Suchich, Baturina, Vlashich, Budimir.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia