


"Men Ronalduning futbol klublari egasi bo'lishini tasavvur qila olaman, lekin uni murabbiy rolida ko'rmayapman. Bundan faqat Portugaliya terma jamoasidagi faoliyat istisno bo'lishi mumkin. Murabbiylik qaysi darajada ishlashingizdan qati nazar kuniga 24 soat, haftasiga 7 kun talab qiladigan kasbdir. Qisqa murabbiylik faoliyatimdan bilamanki, bu butun hayotingizni qamrab oladi", – deya Sheringemning so'zlarini keltiradi “Tribal Football”.
41 yoshli Ronaldu 2023 yilning yanvaridan beri "Al Nassr" safida to'p tepmoqda. 2026/27 yilgi mavsum u 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi.



