"Roma"ga yangi stadion qurishga ruxsat berildi - u 60 ming o'ringa mo'ljallangan va 2029 yilda tayyor bo'ladi

Aslanov Jasurbek
29 sen 2026, 22:17
"Roma"ning yangi stadioni 2029 yilgacha qurib bitkazilishi mumkin.

"Roma" yangi stadion qurish uchun ruxsat oldi.

Bo'lajak arena poytaxtning Petralata tumanida joylashadi va 60 000 tomoshabinga mo'ljallanadi.

- Loyihani jadal ilgari surish uchun barcha sharoitlar yaratildi: qurilishning boshlanishi 2027 yil boshiga rejalashtirilgan, ishlarning yakunlanishi esa uch yildan keyinga mo'ljallangan. Qurilish jarayonining o'zi rosa ikki yarim yil vaqt olishi sababli, stadion 2029 yilga kelib tayyor bo'lishi mumkin, - dedi Rim meri Roberto Gualteri.

- Endi yangi bosqich boshlanmoqda, undan maqsad - "Roma" va shaharni ularning tarixi hamda ambiciyalariga munosib bo'lgan zamonaviy va ekologik barqaror stadion bilan taminlashdir.

Ushbu loyiha shunchaki klub va uning muxlislari uchun yangi uy emas, balki umuman Rim uchun yangi imkoniyatlar yaratadigan, atrofdagi hududni yangilash va rivojlantirishga hissa qo'shadigan, shuningdek, butun shahar va uning aholisiga uzoq muddatli foyda keltiradigan muhim manba sifatida rejalashtirilgan, - deyiladi "Roma" bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: www.asroma.com