

“Ehtimol, bu mening futboldagi so'nggi yilim va men o'zimdan keyin ulkan meros qoldirishni istayman.
Kelajak uchun barcha rejalarimni tuzib bo'lganman.
Meni shunchalik band qiladigan ishlarim ko'pki, ulardan birortasini alohida ajratib ko'rsatish mushkul.
Chunki futbol tugagach, juda katta bo'shliq qoladi va bu vaqtni faqat bitta narsa bilan emas, turli mashg'ulotlar bilan to'ldirish kerak bo'ladi.
Shuningdek, hayotdan ko'proq zavq olish, ko'proq sayohat qilish, o'zim juda sevadigan padel o'yinini tomosha qilish va o'ynash niyatidaman.
Va albatta, o'zim erishgan hamda biz birgalikda qo'lga kiritgan yutuqlardan bahramand bo'lishda davom etaman.
Chunki yakunda qaraganda, bu fidoyiliklarga to'la 25 yillik yo'l bo'ldi”, – dedi Ronaldu “Vogue” nashriga bergan intervyusida.
Ronaldu 41 yoshda, u Chempionlar Ligasining 5 karra g'olibi, Yevropa chempioni va Millatlar Ligasining 2 karra g'olibi hisoblanadi. Shuningdek, u milliy terma jamoalar, Yevropa chempionatlari, Chempionlar Ligasi va Klublar o'rtasidagi JCH tarixidagi eng ko'p gol urish bo'yicha mutlaq rekordchidir.



