Rodrigo London klubiga o'tishi mumkin

Alisher Ostonov
18 may 2025
"Arsenal" "Real"ning braziliyalik vingeri Rodrigoning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Braziliyalik futbolchi Madrid klubini tark etish haqida o'ylamoqda. Gap shundaki, uni Kilian Mbappe va Vinisiusga bo'lgan katta e'tibor xafa qilmoqda. Rodrigo bu futbolchilardan "ortda qolganini" his qilmoqda. Qayd etilishicha, vinger yozda Londonga ko'chib o'tishi hech gap emas.

Rodrigo "Real" safida jami 267 ta o'yin o'tkazib, ularda 68 ta gol va 50 ta assist qayd etgan. Transfermarkt portali futbolchini 100 mln evroga baholamoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: talkSPORT