Arshavin: "Krishtianu Ronaldu - JCH-2026da Portugaliya terma jamoasi uchun muammo"

23 iyun 2026, 19:45
"Arsenal" klublari sobiq hujumchisi Andrey Arshavin Portugaliya terma jamoasi hujumchisi va sardori Krishtianu Ronalduni milliy jamoa uchun muammo deb hisoblaydi.

- Portugaliya atrofida Ronaldu va yosh futbolchilar o'rtasidagi kelishmovchilik haqida gap-so'zlar ko'p. Bu natijaga ta’sir qilishi mumkinmi?

- Kongo DR bilan o'yinni tomosha qilishning imkoni bo'lmadi, faqat umumiy taassurotlar va boshqa odamlarning fikrlariga tayanib gapira olaman. Umuman olganda, chempionat boshlanishidan oldin ham Krishtianu Portugaliya terma jamoasi uchun ko'proq muammo ekanligi haqida tushuncha bor edi. Tarkibdagi nomlarga qaraydigan bo'lsak, u yerda jamoa francuzlar va ispanlarnikidan qolishmaydi. Biroq Ronalduning roli shunchalik kattaki, markaziy hujumchi poziciyasidagi foydali ish koefficienti juda past. Bu holat o'yinga va natijaga ta’sir qilishi mumkinligi haqida ichki sezgi bor edi. Kongo DR bilan o'yinda bu yaqqol ko'rindi.

Lekin hamma narsa o'zgarishi mumkin - bu murabbiyga va Ronalduning o'ziga bog'liq. Balki u, afsuski, endi boshqa futbolchilardan ko'ra ko'proq foyda keltira olmaydigan yoshda ekanini tushunib yetishi kerakdir. Ularning tarkibida Brunu Fernandesh, Vitinya, Nevesh - bular so'nggi bir necha yil ichida hamma narsani yutib bo'lgan insonlardir. Aynan ular yetakchilikni qo'lga olishlari kerak, - deya Arshavinning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda "Sport-ekspress".

O'xshash yangiliklar


Manba: Спорт-экспресс