

FIFA prezidenti Janni Infantino JCH-2026 dan juda mamnun ekanini bildirdi.
"Bu aqlbovar qilmas darajada. Dunyo shu paytgacha ko'rgan eng ko'lamli voqea – bu shunchaki futbol yoki sokker emas, balki umuman har qanday manodagi voqea.
Bu tarixdagi eng muvaffaqiyatli voqea. Stadionlar to'la, shaharlarda odamlar ko'p, muhit ajoyib. Stadionlarda oilalar, bolalar, ayollar ko'p va bu haqiqatan ham juda go'zal.
Men stadionlarga kelayotgan, FIFA [festivallari]ga tashrif buyurayotgan barcha muxlislardan juda, juda minnatdorman", – dedi Infantino.
2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tmoqda.
FIFA ma'lumotlariga ko'ra, 104 ta o'yindan 44 tasi o'tkazilganidan so'ng, muxlislarning umumiy soni 2 851 010 nafarga etdi, o'rtacha hisobda 64 796 nafarni tashkil etdi – stadionlarning to'lishi 99,6% ga etdi. Bundan tashqari, bir kun oldin o'tkazilgan to'rtta o'yinning jami muxlislar tashrifi turnirning yangi tarixiy rekordini o'rnatdi – 288 007 nafar tomoshabin. Bu avvalgi rekord (277 070) qariyb 32 yil (1994 yil 28 iyun) davom etganidan keyin, bir hafta ichida rekordning ikkinchi bor yangilanishi bo'ldi.



