Bu oddiy turnir emas, bu Jahon chempionati!

Xayrulla Xoliqov
24 iyun 2026, 13:15
Jahon chempionatining guruh bosqich ikkinchi turi biz uchun juda alamli yakun topdi.

Hayotda ham, futbolda ham har bir mag'lubiyat dars bo'ladi. Hayotda qiynalgan kuningiz muammolarni bartaraf etishga va yanada kuchli bo'lishga harakat qilasiz. Futbolda ham mag'lubiyat keyingi o'yin oldidan dars beradi. Yanada ko'proq ishlashga va kuchli bo'lib qaytishga undaydi. Bu o'rinda eng muhimi cho'kib qolmaslik.

DSC_7595.JPG

Kecha biz yirik mag'lubiyatni qabul qilib oldik. Buni to'g'ri qabul qilish kerak. Kecha biz shunchaki oddiy jamoaga yutqazmadik, Jahon chempionligi uchun da'vogar jamoaga mag'lub bo'ldik. Kecha biz 1000ta gol urib rekord qo'yishga harakat qilayotgan futbolchi jamoasiga engilikdik. Ma'lum bo'lishicha, Krishtianu Ronaldu kechagi ikkita goldan keyin o'z gollari sonini 975taga etkazibdi.

Xursand qiladigan jihati, Jahon chempionatiga chiqqanimiz, oxirgi bir hafta butun O'zbekiston futbol bilan yashagani. Hayot tashvishlari ham go'yo unut bo'lgandek, qayoqqa qaramang, odamlar tilidan futbol tushmay qoldi. Ishda futbol, uyda futbol, ko'chada futbol, avtobus, mashina, metroda futbol - futbol kun mavzusi bo'lib qoldi. Oldinlari hech shunday bo'lganmidi? Yo'q. Bunining asosiy sababi Jahon chempionatiga chiqqanimiz.

photo_2026-06-23_22-30-46.jpg

Aynan futbol sabab ko'plab yurtdoshlarimiz AQSHga yo'l olishdi. Shaharlarda O'zbekiston madaniyatini ko'rsatib beruvchi chiqishlar qilindi. Ijtimoiy tarmoqlar ham futbol mavzusi bilan to'lib ketdi. Shu paytgacha qiziqqan qiziqmagan, tushungan tushunmagan borki futbol haqida gapiryapti. Natijalarga qaramay, futbol atrofida shunday muhit yuzaga kelishi va O'zbekiston terma jamoasi haqida so'z borayotganining o'zi katta gap.

O'zbekiston - Portugaliya bahsi 2026 yilgi Jahon chempionati taqvimida rasmiy maqom bilan #47-uchrashuv sifatida muhrlandi. Agar saralashni yaxshi o'tkazmaganimizda 47-o'yinda biz emas, umuman boshqa jamoa ishtirok etgan bo'lardi. Jahon chempionatiga ilk bor chiqqan terma jamoa uchun bundan faxrlansak arziydi.

photo_2026-06-23_23-47-36.jpg

1998 yildan beri Jahon chempionatini kuzatib kelayotgan bo'lsam, nihoyat 8-mundialga kelib O'zbekiston ishtirokini ko'rdik. Bu juda katta gap. Avvalgi JCHlarda boshqa jamoalarga muxlislik qilib yoki shunchaki o'yinlarni ko'rib vaqt o'tkazganmiz, mana endi o'zimiz Jahon chempionatini nimaligini ichdan his qildik. Hozir AQSHda bo'lib turgan yurtdoshlarimiz umuman o'zgacha holatda ekanini juda yaxshi tushunib turibmiz.

Ushbu Jahon chempionati terma jamoamizning Kolumbiya va Portugaliyaga mag'lub bo'lgani bilan emas, balki o'zbek futboli rivojiga katta turtki bergani bilan yodda qolishini xohlaymiz. Aytib o'tganimizdek, bunday katta musobaqadagi har bir o'yindan dars olish lozim. Mutaxassislar, murabbiylar buning ustida ishlashi kerak.

Bu o'yinlar kelajakda bizga qanday yordam berishi mumkinligi ustida bosh qotirish zarur. Hozir birinchi yil imtihon topshirib, imtihondan yiqilgan abiturient holatidamiz, kayfiyatimiz tushib ketgan, lekin sinib qolmasligimiz shart. Sinsak boshqalar o'zib ketadi. Yanada kuchli bo'lib bor e'tiborni keyingi maqsadga qaratishimizga to'g'ri keladi.

Xayrulla Xoliqov.

photo_2026-06-23_22-38-20.jpg

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia