

"O'xshamadi, lekin o'zimizni ayblash uchun katta asos yo'q. Biz bu o'yinda sabrli bo'lish kerakligini bilardik. Raqib himoyaga yotib oldi, biz vaziyatlar yaratdik, ammo gol urolmadik. Bunday jismonan baquvvat va yopiq o'ynaydigan jamoaga qarshi turish qiyin. Ijobiy jihati shundaki, raqib deyarli xavf tug'dirmadi, ammo biz o'z vaziyatlarimizdan foydalanishni yaxshilashimiz kerak. Jamoa harakat qildi, biz uyushqoqlik bilan o'ynadik, lekin himoyaga bu qadar chuqur chekingan jamoaga qarshi ko'plab vaziyatlar yaratib bo'lmaydi, shuning uchun mavjud imkoniyatlardan foydalanish zarur. Ular aynan shunday o'ynashmoqda va markaziy chiziqdan o'tishmoqchi ham emasdi. Biz aniqlikni oshirishimiz kerak. Bunday uslubdagi raqiblarga qarshi qancha ko'p o'ynasak, shunchalik yaxshiroq bo'lib boramiz", – dedi Ispaniya terma jamoasi va "Manchester Siti" yarim himoyachisi La 1 efirida.



