

Ispaniya terma jamoasi Kabo-Verdega qarshi o'yinda ustunlik qildi, ammo g'alaba qozona olmadi.
Luis de la Fuente va Bubishta shogirdlari o'rtasidagi bahs durang bilan yakunlandi – 0:0.
Ispaniyaliklar 62% vaqt davomida to'pga egalik qildi, raqiblari esa 28% vaqt, yana 10% vaqt davomida to'p uchun kurash kechdi.
Ispaniya terma jamoasi 27 ta zarba yo'lladi va 7 tasi darvozaga aniq bordi, Kabo-Verde esa 6 marta zarba berdi, faqat bittasi aniq chiqdi.
Shunisi e'tiborga loyiqki, Bubishta jamoasi raqibdan 17 marta to'pni olib qo'ydi, biroq bor-yo'g'i bir marta qoida buzdi – bu Opta Sports statistikasi yuritilishni boshlagandan beri (1966 yildan) JCH rekordi hisoblanadi.



