"Mundial Allplay bilan": 1-turning oltita guruhida nimalar bo'ldi? Revyu (1-qism)

16 iyun 2026, 00:09
Jahon chempionati boshlanib ulgurganiga, mana, bugun besh kun bo'ldi. O'tgan vaqtda esa oltita guruhda dastlabki tur o'yinlari yakunlandi. Loyiha doirasida e'tiboringizga 1-tur revyusini ikki qismga bo'lgan holda taqdim etamiz.

“A” guruhi

Ochilish bahsida eng ko'p muhokama 16 yil avvalgi mundialning ilk o'yini hamda O'zbekiston davlat bayrog'i chiqishiga qaratilgan bo'lsa-da, uchrashuv qiziqarli o'tdi. 

Meksikaliklar shiddat bilan boshladi va JAR o'yinida kamchiliklar borligi yaqqol ko'rindi. Kinones hamda Ximenesning gollari mezbonlarga dastlabki o'yinda g'alaba keltirdi. 

Yuqorida sanaganlarimizdan boshqa e'tiborli jihatlar ham ko'p bo'ldi. Xususan, bosh hakamning inglizcha talaffuzi, bir o'yinda uchta qizil kartochka ko'rsatilishi hamda Meksikaning noxush ananasini buzishi. Mana shularning o'zi, joriy mundial zerikarli bo'lmasligini taminladi.

Guruhdagi ikkinchi o'yin esa muhokamalarni yanada oshirdi. Chexiya hisobda oldinda bora turib, Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy berishi qiziq faktni boshlab berdi. Bu haqda keyinroq ham to'xtalamiz. 

Birinchi o'yinlardan so'ng guruhda vaziyat quyidagicha:

Snimok ekrana - 2026-06-16 v 00.06.08.png

“B” guruhi

Ikkala bahs ham bir xil hisobda yakunlandi. Guruhdagi vaziyat, xuddi, jamoalar o'yin o'tkazishidan avval qanday bo'lgan bo'lsa, shundayligicha turibdi.

Kanada mezbon sifatida Bosniya bilan durang o'ynagan bo'lsa, Qatar so'nggi daqiqalarda gol urib, Shvecariyaga “bosh og'riq” bo'ldi.

Guruh favoritiyu, autsayderi kimligi haqidagi maqom hozircha o'xshamayapti, hamma tengdek. Biroq “jo'ja” Kalifornya va Vankuvyerda “sanaladi”.

Birinchi o'yinlardan so'ng guruhda vaziyat quyidagicha:

Snimok ekrana - 2026-06-16 v 00.06.11.png

“S” guruhi

Shotlandiya debyutant Gaitini minimal hisobda mag'lub etdi. Ehtimol, bu bahsda muxlislar britaniyaliklardan yaxshiroq natija kutgandir, ammo, hozircha mazkur guruhda yirik hisob ko'rmadik.

Braziliya esa JCH-2022 yoqimtoyi Marokashni enga olmadi. Yulduzli hujum chizig'iga ega terma jamoa ko'plab hujum uyushtirib, atigi bitta gol ura bildi. Besh karra JCH g'oliblarining starti ko'ngildagidek bo'lmagandir, ammo Afrika chempionlari o'zlari istagandek mundialni boshlashgani katta ehtimol.

Birinchi o'yinlardan so'ng guruhda vaziyat quyidagicha:

Snimok ekrana - 2026-06-16 v 00.06.15.png

“D” guruhi

AQSH o'z muxlislarini, ko'p ehtimol, haqiqiy futbol nima ekaniga o'rgatishga bel bog'lagan ko'rinadi. Nega? Terma jamoa mundiallarda yaxshi qatnashadigan Paragvayni yirik hisobda taslim etdi.

Qiziqarli kechgan bahsda musobaqa mezbonlari raqiblariga imkoniyat qoldirmadi.

Avstraliya esa Turkiyani mag'lub etdi, bu sensaciyami? Qaysi tomondan qarashga bog'liq. OFKga a'zo terma jamoa Yevropa jamoasi hisoblangan Turkiyani kutilmaganda mag'lub etdimi yoki Gyuler, Chalxono'g'lu kabi yetakchilari bor terma jamoaning Avstraliyaga kuchi yetmadimi? 

Har kim o'zi uchun xulosa chiqarib oladi. O'yin esa bitta narsani ko'rsatdi: Turkiya raqib qarshi hujumlariga nisbatan yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishi kerak, Avstraliya foydali ish koefficienti bo'yicha futbolda ham ilg'orligini ko'rsatmoqda.

Birinchi o'yinlardan so'ng guruhda vaziyat quyidagicha:

Snimok ekrana - 2026-06-16 v 00.06.18.png

“E” guruhi

Kyurasao JCH-2014 dagi Braziliyaga o'xshab o'ynadi Germaniya bilan. Bu uchrashuvga boshqa to'xtalmaymiz.

Kot-d’Ivuar esa Ekvador bilan munosib jang qildi. Klass o'z so'zini aytayotgan hozirgi futbolda MYU futbolchisi natijani taminlay oldi. 

Hali bu guruhda 3-o'rin uchun kurash ancha qiziydi.

Birinchi o'yinlardan so'ng guruhda vaziyat quyidagicha:

Snimok ekrana - 2026-06-16 v 00.06.21.png

“F” guruhi

Shvetsiya Germaniyadan ilhom olgan, shekilli, Afrikaning boqsha bir terma jamoasini ham ayab o'tirmadi. Gyokeresh yetakchiligidagi jamoa Tunisga besh to'p kiritib, bitta javob oldi. Bu kabi yirik hisob hali peshqadamlikka intilayotganda kerak bo'ladi jamoaga. Tunis esa o'z imkoniyatlarini pasaytirib yubordi.

O'zbekiston MTJ Niderlandiya bilan o'rtoqlik bahsida chindan ham zo'r o'yin ko'rsatganini bugunga kelib yanada yaxshi angladi ko'pchilik. Yani, o'rtoqlik maqomi bo'lsa-da, aslida, Kuman shogirdlari o'z darajasida o'ynadi desak, noto'g'ri bo'lmas?

Yaponiyaga qarshi bahsda ikki marta ham hisobda oldinda borib, oxirida baribir qo'yib yuborishdi.

Birinchi o'yinlardan so'ng guruhda vaziyat quyidagicha:

Snimok ekrana - 2026-06-16 v 00.06.23.png

Endi esa eng yuqorida – Koreya haqida fikrlashganimizda yozganimizga qaytamiz: mazkur oltita guruhda hali Osiyo terma jamoalari mag'lub bo'lmadi.

Niyatimiz – ushbu anana tur oxiriga qadar davom etsin. JCH oxiriga qadar desak, katta gapirgan bo'lamiz. Salomat bo'ling.

"JCH-2026'ni Allplay'da tomosha qiling - CHAMPIONATASIA promokodi bilan 45 kun bepul"

Promokodni faollashtirish HAVOLASI

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia