Rodri "Barselona" bilan muzokaralar ketayotgan bir vaqtda "Siti"ga qaytishni xohlamayapti

14 avg 2026, 09:15
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri "Barselona"ga ehtimoliy o'tishi bo'yicha muzokaralar yakunlanguniga qadar Angliyaga qaytmaslik uchun ruxsat olishga urinmoqda.

Bu haqda "Sport.es" xabar beradi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, payshanba, 13 avgust kuni Rodrining tatili yakunlandi, shu munosabat bilan juma, 14 avgust kuni u "shaharliklar"ning ertalabki mashg'ulotiga qo'shilishi kerak edi. Agar rad javobi berilsa, ispaniyalik futbolchi mashg'ulotda paydo bo'lishi takidlanmoqda. Futbolchi klublar o'rtasidagi transferning moliyaviy tomoni bo'yicha kelishmovchiliklar bartaraf etilishiga umid qilmoqda.

Angliya chempionatining 2025/2026 yilgi mavsumida 30 yoshli Rodri 21 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi. Shuningdek, uning hisobida Chempionlar ligasida beshta o'yin bor. Futbolchi samarali harakatlar bilan ajralib turmadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport.es