

Bu haqda "talkSPORT" nashri xabar beradi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, argentinalik futbolchi ushbu yozda "shaharliklar" uchun boshqa nishonlar - Enco Fernandes ("Chelsi") va Adam Uorton ("Kristal Pelas")ga qaraganda hamyonboproq variant bo'lishi mumkin. "Manchester Siti" Mak Allisterning o'tishi bo'yicha "Liverpul" bilan hali bog'lanmagani takidlanmoqda.
Rodrining "Barselona"ga 55 mln funtga (64,3 mln evro) transferi bo'yicha kelishuvga yaqin kunlarda erishilishi kutilmoqda.
O'tgan mavsumda Mak Allister barcha musobaqalarda 55 ta o'yinda maydonga tushib, beshta gol va ettita golli uzatmaga mualliflik qildi. Igrokning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalidagi ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 70 mln evroni tashkil etadi.



