"Manchester Yunayted" murabbiyi Kerrik jamoaning yozgi transferlarini baholadi

14 avg 2026, 09:40
"Manchester Yunayted" bosh murabbiy Maykl Kerrik 2026/2027 yilgi mavsum starti oldidan o'z jamoasining holatini baholadi hamda jamoaning yangi a'zolari Andrey Santos va Yuri Tilemansni etirof etdi.

"O'ylashimcha, biz ko'p jihatdan o'sdik, mening nazarimda, bu qisman o'tgan mavsumdagi tajriba bilan bog'liq. Shunday ekan, gap faqat yangi o'yinchilarda emas. O'ylaymanki, o'tgan mavsumda boshimizdan kechirgan narsalarimiz alohida o'yinchilarning o'yinini ham yosh, ham tajriba nuqtayi nazaridan yaxshilashga yordam berdi.

Va albatta, Andrey hamda Yurining maydon markaziga kelishi bilan biz sezilarli darajada kuchaydik. Shunday ekan, ha, biz aniq to'g'ri yo'nalishda harakatlanmoqdamiz", - deydi Kerrikning so'zlarini keltirgan "Manchester Yunayted" rasmiy sayti.

Eslatib o'tamiz, Kerrik o'tgan mavsum davomida "qizil iblislar" boshqaruvini o'z qo'liga olgan edi. Yakunda mankunianliklar APLda uchinchi o'rinni egallashdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com