"Barselona" Rodri transferi bo'yicha "Manchester Siti"ga yangi taklif yubordi

Aslanov Jasurbek
12 avg 2026, 12:35
Ispaniyaning "Barselona" klubi inglizlarning "Manchester Siti" klubiga yarim himoyachi Rodri transferi uchun taxminan 60 million evro taklif qildi.

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.

"Barselona" allaqachon "Manchester Siti"ga Rodri bo'yicha bonuslar bilan birgalikda 60 million evro miqdorida yangi og'zaki taklif yubordi. "Manchester Siti" Rodrini 80 million evroga baholashni talab qilmoqda, ammo "Barselona" bitimni yakunlash imkoniyatiga ishonmoqda.

"Echim 60 va 80 million evro o'rtasidagi oraliq summa bo'lishi mumkin, bunda bonuslar asosiy omil bo'ladi", - deb yozdi Romano.

Avvalroq "Manchester Siti" "Barselona"ning taxminan 45 million evrolik taklifini rad etgani haqida xabar berilgandi.

2025/2026 yilgi Angliya chempionati mavsumida 30 yoshli Rodri 21 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi. Shuningdek, uning hisobida Chempionlar ligasida beshta o'yin bor. Futbolchi samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano